Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozarbayjon firibgarlikda ayblangan ikki shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Ozarbayjon firibgarlikda ayblangan ikki shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ushbu mamlakatda firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan S.X va S.A.ni ekstraditsiya qilish haqidagi so‘rovini qanoatlantirdi.

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasiga asoslanib, Azerbaycan 24 xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari 39 yoshli S.X. va 34 yoshli S.A. firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Ular 6-mart kuni Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda chegara nazoratidan o‘tayotganda qo‘lga olingan.

Avvalroq Istanbuldan 48 yoshli fuqaro ekstraditsiya qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring