Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parijda bir yil yashash 183 dona sigareta chekish bilan barobar

Parijda bir yil yashash 183 dona sigareta chekish bilan barobar

Foto: «sabah.com.tr»

Fransiya poytaxti Parij shahrida 1 yil yashash 183 dona sigareta chekin bilan barobar ekan. Bu haqda «Sabah.com.tr» xabar bermoqda.

«Le Parisien» gazetasida chop etilgan maqolada yozilishicha, shaharda 1 m3havo tarkibida 22 mikrogramm zaharli zarralar bor ekan.

Ikki dona sigareta chekishning zarari 4 kun Parijda yashash bilan teng ekan. Buni 365 kunga hisoblasak, Parijda 1 yil yashash 183 dona sigareta tutatishdek gap.

Parijda havo juda ifloslangani bois badantarbiya bilan shug‘ullanish ham foyda bermas, aksincha zarar keltirar ekan.

O‘tgan yili Parij metrosidagi iflos havo ochiq havodagidan 10 barobar ko‘p ekanligi ham aniqlangan edi.

Parij shahar meri Ann Idalgoikki yil avval Meksikada o‘tkazilgan «S40» shahar merlari yig‘ilishida 2025 yilgacha yirik shaharlarda dizel yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash taklifini ilgari surgan edi.

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo miqyosida rakka sabab bo‘luvchi eng birinchi omil bu iflos havo ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring