Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parlament deputatiga qamoq jazosi berildi — Slovakiya

Parlament deputatiga qamoq jazosi berildi — Slovakiya

Marian Kotleba.

Foto: EPA/UPG

Slovakiyada o‘ng radikal Kotlebachilar partiyasi (Bizning Slovakiya Xalq partiyasi — ĽSNS) yetakchisi Marian Kotleba to‘rt yil-u to‘rt oyga ozodlikdan mahrum etildi. Tegishli ramzni tarqatish vositasida fuqarolik jamiyati va demokratiyani xavf ostiga qo‘yuvchi g‘oyani qo‘llab-quvvatlagani uchun sud unga shu jazoni berdi.

So‘nggi so‘zida 43 yoshli ayblanuvchi «qandaydir jinoyat sodir etishda o‘zini aybli deb hisoblamasligini» ma’lum qilgan va hukm yuzasidan Oliy sudga arz qilish niyatini bildirgan.

Kotlebaning yakuniy so‘zi sakkiz soatcha davom etgan. Hukm kuchida qolgan taqdirda u deputatlik mandatini yo‘qotadi. Slovakiya tarixida birinchi marta amaldagi parlamentariy qamoq jazosini olmoqda.

Kotleba ultramillatchi sifatidan tanilgan, lo‘lilar, migrantlar va qochoqlarga nisbatan nafratli so‘zlari bilan ajralib turgan. ĽSNS partiyasi esa Yevropa ittifoqiga qarshi hamda Slovakiyaning NATOdan chiqib ketishini talab qilib kelmoqda. Partiya 2016-yili Slovakiya parlamentiga kirgan bo‘lib, ayni paytda 150 ta deputatlik o‘rnidan 17 tasini band etib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring