Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polsha 20 mingga yaqin mahkumni ozodlikka chiqaradi

Polsha 20 mingga yaqin mahkumni ozodlikka chiqaradi

Illyustrativ foto

Polshada, qamoqxonalarda joy yetishmasligi bois, 20 mingga yaqin mahkum afv etilib, ozodlikka chiqariladi.

«Jazoni ijro etish muassasalaridagi 20 ming nafar mahkum muddatidan avval ozod etiladi», — deb bayonot berdi Polsha adliya vazirining o‘rinbosari.

Uning ta’kidlashicha, ushbu qaror qamoqxonalarning to‘lib ketgani bilan izohlanadi, chunki avvalgi hukumat barcha jinoyatchilarni ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolayvergan.

Hozirda mamlakatdagi barcha mahkumlarning taxminan 60 foizi mayda jinoyatlar uchun qamalganlar bo‘lib, qamoq muddati ikki yil ham chiqmaydi.

Polsha adliya vazirligining maqsadi qamoqxonalarda saqlanayotganlar sonini 55 ming nafargacha tushirishdir (2023-yilda 71 874 nafar edi). Bu bilan mamlakat Yevropa kengashining tavsiyalarini kafolatlashga erishadi (bir mahkumga to‘g‘ri keladigan joy 4 kv metrdan kam bo‘lmasligi kerak).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring