Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin G‘arbga g‘alati ayblov qo‘ydi

Putin G‘arbga g‘alati ayblov qo‘ydi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbni «Napaleon va Gitlerning mag‘lubiyati uchun qasos olishga intilish»da aybladi. 

«Yomon niyatlilarning Rossiyani parchalashga urinishlari Adolf Gitler va Napoleon Bonapartning mamlakatga qarshi muvaffaqiyatsiz yurishlari uchun qasos olishga intilishdir», dedi Putin Rossiya Ichki ishlar vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«SSSR parchalanganidan keyin bizning geosiyosiy xayolparastlarimiz qolgan narsalarni ham yo‘q qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi. O‘zakni yo‘q qiling va uni geosiyosiy manfaatlaringizga bo‘ysundiring. G‘alati, kimdir Gitler, Napoleon va boshqalarning muvaffaqiyatsiz yurishlari qasos olishni xohlaydi», dedi Putin.

Putin ushbu yig‘ilishda migratsiya masalasiga ham to‘xtalgan. U rasmiylarga noqonuniy migratsiyani nazorat qilishni topshirdi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring