Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Kursk viloyatida hanuz Ukraina askarlari borligini tan oldi

Putin Kursk viloyatida hanuz Ukraina askarlari borligini tan oldi

Putin Ukraina qo‘shinlari hanuz Kursk viloyatida qolayotganini tan oldi, ammo Rossiya prezidenti ular “yerto‘lalar burchaklarida” o‘tirganini da’vo qilmoqda.

“Bu qiyin davr, ular hali tugamadi”, — deya Putinning so‘zlarini keltiradi TASS. - Ha, ular dushmanni Kursk viloyatidan haydab chiqarishdi, lekin ular hali ham u yerda "kovaklarda", yerto‘lalarda o‘tirishibdi. U yerda nima deyishayotganini eshitamiz – evakuatsiya qilishni so‘rayapti. Ammo evakuatsiya qilishning iloji yo‘q, chunki o‘rmonda, qandaydir teshiklarda ikki-uch kishidan iborat tarqoq guruhlar yuribdi”.

Shu hafta Rossiya rasmiylari Kursk viloyatida Ukraina qo‘shinlarining "to‘liq mag‘lubiyati" haqida e’lon qilgandi.

Ukraina armiyasi, ularning bayonotlariga ko‘ra, o‘z nazorati ostida qolgan so‘nggi aholi punktlaridan haydab chiqarilgan.

Biroq Kiyevning iddao qilishicha, bu bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va ular “Ukraina mudofaa kuchlarining Kursk viloyatidagi belgilangan hududlarda operatsiyasi davom etayotganini” aytishdi. Ukrainaning DeepState loyihasi xaritasiga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Kursk viloyatidagi Rossiya va Ukraina chegarasi yaqinidagi kichik chiziqlarni nazorat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring