Rossiya atom elektr stansiyalari (AES) dunyoda eng talabgir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva shahridagi Jahon atom haftaligi xalqaro forumida ma’lum
qildi.
Asosiy bayonotlar:
Putin Rossiya uchun ustuvor vazifa ular qayerda joylashganidan qat’i nazar, atom energetikasi ob’yektlarining yadroviy xavfsizligini ta’minlash ekanini qayd etdi.
“Eng avvalo, bizning mamlakatimiz uchun mutlaqo ustuvor vazifa ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, yadro ob’yektlari va qurilmalarining yadroviy xavfsizligini ta’minlash va himoya qilishdir”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Tadbir boshlanishi oldidan Putin “Atom” pavilonida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh direktori Rafael Grossi, Belarus prezidenti Aleksandir Lukashenko, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Myanma prezidenti vazifasini bajaruvchi Min Aun Xlayn, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va boshqalar ishtirok etdi.
Moskvada 25-28 sentyabr kunlari Rossiya atom sanoatining 80 yilligiga bag‘ishlangan Jahon atom haftaligi xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirga 118 ta davlat vakillari tashrif buyurgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter