Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Rossiya ichkaridan parchalanib ketishi mumkinligini aytdi

Putin Rossiya ichkaridan parchalanib ketishi mumkinligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tkazilgan matbuot anjumani Rossiya ichkaridan parchalanish xavfi borligini aytdi. 

Bu haqda Putin muxolifatchi Aleksey Navalniy va «xorijiy agentlar» bo‘yicha savolga javob berayotib gapirgan. Doimgiday, u Navalniyning ismini aytmagan. 

«Rossiyani mag‘lub yetib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin. Bu Birinchi jahon urushidan keyin va 1990-yillarda sodir bo‘ldi. Uni kim qildi? Boshqa odamlarning manfaatlariga xizmat qilganlar. Siz (BBC muxbiri Pyotr Kozlov nazarda tutilmoqda) zaharlangani aytilayotgan odam (Navalniy nazarda tutilgan—tahririyat) haqida gapirdingiz. Men shaxsan Fransiya prezidenti, Germaniya Federativ Respublikasi kansleridan so‘radim: hech bo‘lmaganda zaharlanishni tasdiqlovchi materiallarni bering. Bu «Novichok» yoki boshqa narsa ekanligi haqida biron bir material yo‘q.

Mutaxassislar borib, namuna olishlarini, jinoyat ishiga asos topishni taklif qilishdi. Yo‘q. Nol. Keling, bu sahifani yopamiz.

Har bir mamlakatda mahbuslar bo‘lgan va bo‘ladi. Jinoyat qilib, siyosat orqasiga yashirinishning hojati yo‘q»,deydi Putin.

«Xorijiy agentlar» haqidagi savolga javob berarkan, Putin bu aslida AQSh tajribasi ekanini ta’kidlagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring