Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin tashrif buyurgan mashhur villa sotuvga qo‘yildi

Putin tashrif buyurgan mashhur villa sotuvga qo‘yildi

Berluskonilar oilasi «Chertoza» villasini 500 million yevroga sotishni rejalashtirmoqda. O‘z vaqtida Jorj Bush, Toni Bler va Vladimir Putin ushbu villaga tashrif buyurishgan.

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining besh nafar farzandi siyosatchi «dunyoning eng nufuzli yetakchilari bilan» dam olgan Sardiniyadagi «Chertoza» villasini sotuvga qo‘ydi, deb xabar berdi Financial Times.

110 gektar maydonni egallagan villa Sardiniya shimoli-sharqidagi Kosta Smeraldada joylashgan va Berluskoni uni 1980 yillarning oxirlarida sotib olgan. Mulk tarkibiga bir nechta uylar, ko‘llar, amfiteatr, tennis kortlari va «80 ta futbol maydoniga teng» bog‘lar kiradi.

Bir necha yillar davomida villada AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush (2001-2009), Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler (1997-2007) mehmon bo‘lishgan. Vladimir Putin esa u yerga ikki marta – 2003 va 2008 yillarda tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Silvio Berluskoni 2023 yil 12 iyunda vafot etgandi. Uning merosi taxminan 4 milliard yevroga baholangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring