Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qariyaning 10 santimetrli «iblis» shoxi kesib tashlandi

Qariyaning 10 santimetrli «iblis» shoxi kesib tashlandi

Foto: «Mirror»

Hindistonning Sagar shahrida Shyam Lal Yadav ismli erkakning uzunligi 4 dyuym (10,2 santimetr) keladigan «iblis» shoxi kesib tashlandi. Bu haqda «Lenta» «Mirror Online»ga tayanib xabar bergan.

74 yoshli fermerning boshidagi o‘simta zarba olganidan besh yil o‘tib paydo bo‘lgan. Uning boshidan qanday jarohat olgani noma’lum. Dastlab qariya g‘uddasimon o‘simtaga e’tibor bermagan va sartaroshga uni biryoqli qilishni tayinlagan. Keyinroq uning o‘zi shoxni kesib tashlashga urinadi, lekin shox o‘sishdan to‘xtamagan.

Hindistonlik o‘simtani bosh kiyim orasiga yashirishning imkonsiz bo‘lib qolganidan shifoxonaga murojaat qiladi. Shifokorlar erkakda shox o‘sib chiqayotganini tasdiqlashgan. U odamning soch yoki tirnog‘i kabi keratindan iborat. Neyroxirurglar o‘simtani operatsiya yo‘li bilan arralab tashlashadi. O‘tkazilgan biopsiyaga ko‘ra, u xavfsiz o‘sma bo‘lgan.

Shifokorlarning taxminicha, erkakning bosh suyagidan shox yana o‘sib chiqishi mumkin. Ular bu noyob kasallik ekanini aytishmoqda. «Iblis shoxi» o‘sishining  sabablaridan biri quyosh nuri ta’siri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring