Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Garov qimmatga tushdi: salkam 150 million dollar...

Garov qimmatga tushdi: salkam 150 million dollar...

Ley Szyun

Garov o‘ynash Ley Szyunga («Xiaomi» kompaniyasi asoschisi va bosh direktori) qimmatga tushdi.

Endi u «Gree Electric» rahbari Dun Minchjudan 1 milliard yuan (148,4 million dollar) qarzdor.

2013-yil dekabrida televideniyedagi chiqishida Szyun yana besh yildan keyin kompaniyasi daromadlari konditsionerlar ishlab chiqaruvchi «Gree Electric»nikidan yuqori bo‘lishiga katta ishonch bildirgandi. U gapini isbotlash uchun hatto «Gree Electric» rahbari Dun Minchju bilan garov ham o‘ynagandi. O‘shanda «Xiaomi» rahbari bir yuanga bahs boylashni taklif qilgan, ammo Minchju o‘rtaga bir milliard yuan tikkandi.

Dun Minchju

«Butun mamlakat bilib qo‘ysin, agarda besh yil ichida bizning daromadimiz siznikidan oshsa, menga bir yuan to‘laysiz, Dun xonim», — degandi Ley. «Keling, yaxshisi 1 milliard yuandan o‘ynaymiz», — taklif qilgandi o‘shanda Dun.

O‘tgan yakshanba «Gree Electric» kompaniyasi 2018-yili 198 milliard yuan daromad olganini ma’lum qildi, bu «Xiaomi» kompaniyasi xuddi shu davrda topgan daromaddan 20 milliard yuan ko‘pdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring