Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni davlatda sakkiz farzandli oila suv-muz tuzog‘iga tushib qoldi

Qo‘shni davlatda sakkiz farzandli oila suv-muz tuzog‘iga tushib qoldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi Uil qishlog‘ida yashovchi fuqaro kechasi xotini va sakkiz nafar voyaga yetmagan farzandi bilan viloyatdagi trassada suv va muz toshqiniga tushib qoldi.

Aqto‘be viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda holat 28 martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.

«Uil qishlog‘ida yashovchi fuqaro kechasi xotini va sakkiz nafar voyaga yetmagan farzandi bilan qishloqdan mashinada Aqto‘be shahriga yo‘l olgan.Ammo ular bir necha kilometr yurib, katta yo‘l bo‘yidagi Kemer qishlog‘i yonida kuchli suv-muz toshqiniga duch kelishgan. Mashina bir zumda suv orasiga tushib, ikki tomonini muz qoplagan. Suv bosgan mashinada voyaga etmagan bolalari bilan qolgan fuqaro Kemer qishlog‘i aholisiga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘ragan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Saraljinskiy qishloq okrugi politsiyasi uchastka inspektori Esbolat Adilxonov birinchi bo‘lib qishloq aholisi bilan birga yordamga shoshilgan va darhol qutqaruv ishlarini boshlagan.

«Ular o‘z mashinalari yordamida muz yo‘lini to‘sib, bir soat ichida bolalarni qo‘llarida suvdan eson-omon o‘tkazishdi, shuningdek, ota-onalarini muzdagi asirlikdan qutqarib, xavfsiz joyga yetkazishdi», dedi politsiya vakili.

Aqto‘be viloyatida muzlikdan erigan suvlar 236 ta turar-joy binosini bosib ketdi, 2870 kishi, jumladan 1279 nafar bolalar evakuatsiya qilindi.

«Kazgidromet» Qozog‘istonning shimoliy viloyatlarida 5 aprel kuniga qadar yog‘ingarchilik, mavsumiy qorlarni shiddat bilan erish munosabati bilan suv toshqini, suv bosish xavfini e’lon qilmoqda. 

Qozog‘iston poytaxti joylashgan Aqmola viloyatida ham qorning shiddat bilan erish fonida 5 aprelga qadar suv toshqinlari ro‘y berishi ma’lum qilingan. Bu poytaxt Ostona shahriga ham tegishli ekani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring