Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Reuters: Ho‘rmuzni minalardan tozalashga 50 kungacha vaqt ketishi mumkin

Reuters: Ho‘rmuzni minalardan tozalashga 50 kungacha vaqt ketishi mumkin

Foto: Reuters

G‘arblik mutaxassislarning baholashicha, bo‘g‘ozni to‘liq tekshirish va xavfsiz deb topish uchun 40–50 kun vaqt talab etiladi. Bu ishlar kema va suvosti dronlari yordamida amalga oshiriladi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, minalarning aniq soni va joylashuvi hozircha ma’lum emas. Germaniya harbiy-dengiz kuchlarining 11 iyundagi hisobotida AQSh va Britaniya ma’lumotlariga tayanib, bo‘g‘oz atrofida to‘rtta ehtimoliy minalashtirilgan hudud mavjudligi qayd etilgan.

Xalqaro dengiz tashuvchilari va sug‘urta kompaniyalari xavfsizlik bo‘yicha to‘liq kafolatlar berilmaguncha mazkur yo‘nalishdan foydalanishga shoshilmasligi mumkin.

V.Group kompaniyasi rahbari Rene Kofod-Olsenning ta’kidlashicha, hatto bitta dengiz minasi ham insonlar hayoti uchun katta xavf tug‘diradi.

Avvalroq Tramp Eron bilan kelishuv imzolanganini va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qisman ochilganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 19 iyundan bo‘g‘oz to‘liq ochilishi rejalashtirilgan.

Biroq mutaxassislar xavfsiz kema qatnovini tiklash kelishuv imzolanganidan ancha ko‘proq vaqt talab qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring