Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya chempioni g‘oyib bo‘ldi

Rossiya chempioni g‘oyib bo‘ldi

Moskvada o‘smirlar o‘rtasida figurali uchish bo‘yicha Rossiya chempioni Alina Gorbacheva g‘oyib bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» agentligiga uning onasi xabar berdi.

«Hozircha Alina haqida ma’lumot yo‘q. Qidirishda davom etyapmiz, bizda faqat kameralardan olingan tasvirlar, uning parkga qanday kirganidan boshqa hech narsa yo‘q. Endi it bilan kinolog keldi, ular qidirishadi. Ammo oradan ancha vaqt o‘tdi», — dedi Yekaterina Gorbacheva.

28 avgust, dushanba kuni sportchi qiz Moskvadagi Chkalov arenasini tark etib, Vladimir cherkovi tomon yo‘l oladi. Qeyin esa qirg‘oqdagi parkka borgan. Oxirgi marta kameralar sportchini Volokolamsk shossesi, 67-uy yaqinida qayd etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Alina Gorbacheva Moskva daryosida — Pokrovskaya qirg‘og‘ida cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkin, u yerdan uning buyumlari topildi. Hududga favqulodda vaziyatlar vazirligining qidiruv-qutqaruv guruhi va politsiya chaqirilgan. Mutaxassislar suv hududini tekshirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring