Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya harbiylari Qorabog‘ni tark etmoqda

Rossiya harbiylari Qorabog‘ni tark etmoqda

Rossiya Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida vaqtincha joylashtirilgan tinchlikparvar kontingentini olib chiqishni boshladi. 

Jumladan, Kalbajar tumanidagi harbiy qism hamda texnika allaqachon hududni tark etgan va ob’yektni qo‘riqlash Ozarbayjon politsiyasiga o‘tgan.

Rossiya harbiy kontingenti Qorabog‘ni tark etayotganini mamlakat prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqlagan.

Ozarbayjon prezidentining yordamchisi Hikmat Hojiyevga ko‘ra, harbiy qismni muddatdan oldin olib chiqish haqidagi qaror ikki davlat rahbariyati tomonidan qabul qilingan.

Rossiya tinchlikparvar kontingenti 2020 yili Boku, Moskva va Yerevan o‘rtasida uch tomonlama bitim imzolanishi ortidan Qorabog‘da vaqtincha joylashtirilgan edi. 2023 yil sentyabr oyidagi harbiy amaliyotdan keyin Ozarbayjon Qorabog‘ ustidan to‘liq nazorat o‘rnatdi va endilikda Rossiya harbiy kuchlari mintaqani tark etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring