Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Qozog‘iston va Qirg‘izistonda harbiy operatsiyalar o‘tkazadi

Rossiya Qozog‘iston va Qirg‘izistonda harbiy operatsiyalar o‘tkazadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi (KXShT) tashkilotining navbatdagi sammitida kuz oylarida Qozog‘iston va Qirg‘izistonda harbiy operatsiyalar o‘tkazilishini e’lon qilgan.

«Tashkilotning nufuzi oshib borayotganini hisobga olib, shu yil kuz oylarida Qozog‘iston va Qirg‘izistonda qo‘shma harbiy operatsiyalarni o‘tkazamiz. Bu orqali harbiy hamkorligimizni yanada kuchaytiramiz», degan Putin.

Bugun, 16 may kuni boshlangan KXShTning 20-sammitida Putin Ukrainadagi «maxsus operatsiya» haqida to‘liq ma’lumot berilishini ta’kidlagan. Faqat bu ma’lumot sammitning yopiq qismida muhokama qilinishi aytilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring