Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada futbolchi Lev Yashin rasmi tushirilgan pul namoyish etildi

Rossiyada futbolchi Lev Yashin rasmi tushirilgan pul namoyish etildi

Foto:«NSN»

Rossiya banki mashhur futbolchi Lev Yashin surati tushirilgan, jahon chempionatiga atalgan 100 rubllik banknotni namoyish etdi. Bu haqda «Euronews» xabar berdi.

Qog‘oz pulda rasm vertikal ko‘rinishda joylashtirilgan va unda yosh bolakayning darvazobon Lev Yashinga qarab turgani aks ettirilgan. Yashin Rossiya tarixida ilk bora banknotlarda aks ettirilgan davlat rahbari bo‘lmagan kishi hisoblanadi.

Banknotning orqa tarafida Rossiya xaritasi va futbol to‘pi aks ettirilgan. Mazkur pul adadi 20 millionga teng.   

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring