Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada samolyot quladi. Uchuvchilardan biri halok bo‘ldi

Rossiyada samolyot quladi. Uchuvchilardan biri halok bo‘ldi

Stavropol o‘lkasida halokatga uchragan Tu-22M3 raketa tashuvchisi uchuvchilaridan biri vafot etdi.

Rossiyaning Tu-22M3 raketa tashuvchisi bugun tongda Stavropol o‘lkasida halokatga uchradi. Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, u jangovar topshiriqni bajarib, aerodromga qaytayotgan bo‘lgan, falokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

«Rossiya harbiy samolyoti bilan sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar olindi. Afsuski, uchinchi ekipaj a’zosi vafot etdi. Uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. To‘rtinchi uchuvchini qidirish davom etmoqda», — deb yozadi u.

Avvalroq qulayotgan samolyotdan katapulta qilingan to‘rt uchuvchidan uch nafari tirik topilgani ma’lum qilingandi. Ulardan ikki nafari shifoxonalarga yetkazilgan.

Tu-22M3 uzoq masofali, tovushdan tez uchuvchi raketa tashuvchi-bombardimonchi samolyoti hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring