Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga Shengen vizalari berilishi mumkin

Safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga Shengen vizalari berilishi mumkin

Ispaniya safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarga Shengen vizalarini berishga chaqirdi.

«Prezident Vladimir Putin siyosatiga rozi bo‘lmagani uchun mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan rossiyaliklar Yevropa Ittifoqiga kirish uchun viza olishlari kerak», – deydi Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares La Razon gazetasiga bergan intervyusida.

Intervyuda, shuningdek, Yevroittifoq urushga qarshi chiqib «jasorat ko‘rsatayotganlargi imkoniyat berilishi» kerakligi ta’kidlangan.

«Bizning rus xalqiga, ayniqsa qamoq tahdidi ostida katta jasorat bilan namoyishga chiqqan odamlarga qarshi hech qanday e’tirozimiz yo‘q. Mamlakatni tark etishga urinayotganlarga Yevroittifoq hududiga kirish uchun imkoniyat berilishi kerak», – degan u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring