Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni ko‘p yillik munozaralardan so‘ng nikoh yoshiga o‘zgartirish kiritdi

Saudiya Arabistoni ko‘p yillik munozaralardan so‘ng nikoh yoshiga o‘zgartirish kiritdi

Foto: «RIA Novosti»

Saudiya Arabistoni hukumati ko‘p yillik munozaralardan so‘ng erta nikohga taqiqni joriy etishdi: qonunga binoan 18 yoshdan kichik bo‘lmagan shaxslarning nikohiga ruxsat etiladi, deb xabar berdi «Saudi Gazette» nashri.

Ma’lumotga ko‘ra, adliya vaziri Valid as-Samaani yangi qonunni barcha mahalliy sudlarga tarqatgan.

Bordi-yu, 18 yoshga to‘lmagan o‘spirin nikohdan o‘tmoqchi bo‘lsa, maxsus sudning ijozatini olishiga to‘g‘ri keladi. Sud erta nikoh yoshlarning va ularning kelajagiga salbiy ta’sir qilish-qilmasligini hal etadi.

YuNISEF hisob-kitobiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha qariyb 39 mingta bola nikohdan o‘tadi.

Yangi qonun joriy yil yanvarda 15 yoshdan kichik o‘smirlarning uylanishini taqiqlovchi qonunning kuchga kirishidan so‘ng qabul qilindi. Bungacha Saudiya Arabistonida nikohdan o‘tishda minimal yosh qonunda belgilanmagandi. Shu tufayli qizlarni uzatish dolzarb masalaga aylangandi. 2017 yilda Saudiya parlamenti — Majlis ash-Shura (maslahat kengashi)ning bir qancha vakillari 15 yoshga to‘lmagan qizlarning nikohga kirishini taqiqlashni talab qilib adliya vazirligiga maktub yo‘llaydi.

Jahon iqtisodiy forumi ma’lumotiga ko‘ra, dunyoning 117 mamlakatida nikohdan o‘tish yoshi qonunan belgilanmagan yoki muayyan sharoitlarda bolalarning nikohdan o‘tishiga ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring