Saudiya Arabistonida dunyodagi eng uzun bog‘ barpo etilmoqda — 135 kilometr
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Sports Boulevard loyihasi amalga oshirilmoqda. Uzunligi 135 kilometrdan oshuvchi bog‘ shaharni sport, sayr va faol turmush tarzi uchun qulay makonga aylantiradi.

Loyiha doirasida 220 kilometr velosiped yo‘laklari, 15 kilometr ot minish yo‘nalishlari, 4 million kvadrat metrdan ortiq yashil hudud, 50 dan ziyod sport inshooti qurilib, qariyb 170 ming tup daraxt va o‘simlik ekiladi.

Loyihaning birinchi bosqichi 2025-yil fevral oyida foydalanishga topshirilgan edi. Saudi Vision 2030 dasturiga kiruvchi qurilish ishlarini 2030-yilgacha to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter