Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya hukumati tarkibida o‘zgarishlar

Saudiya hukumati tarkibida o‘zgarishlar

Foto: «Hurriyet»

Saudiya Arabistoni mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vaziri lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga islom ishlari va madaniyat vaziri tayinlandi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Qirol Salmon ibn Abdulaziz ol-Saud mehnat va ijtimoiy taraqqiyot vazirini lavozimidan ozod etishga, madaniyat va axborot vazirligini ikkiga ajratishga hamda Makka va muqaddas maskanlar qirollik kengashini tuzishga qaror qildi.

Kengashga valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon rais etib tayinlandi.

Endilikda madaniyat vaziri vazifasida faoliyat yuritadigan shahzoda Badr ibn Abdulloh ibn Farhan ol-Saud o‘tgan yili Leonardo da Vinchining Iso payg‘ambarning tasviri tushirilgan «Salvador Mundi» portretini sotib olgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring