Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahar sotuvga qo‘yildi: bunaqasi faqat Amerikada bo‘ladi

Shahar sotuvga qo‘yildi: bunaqasi faqat Amerikada bo‘ladi

Foto: «Behance.net»

«Regnum» axborot agentligi yozishicha, Jorjiya shtati (AQSh)ning Tumsboro shahri tag-tugi bilan sotuvga qo‘yildi. Qiziquvchilar «Craigslist» saytiga kirib e’lon bilan yaxshilab tanish olishlari mumkin.

1,7 million dollar. Shuncha pul tikkan xaridor 5 kvadrat kilometr maydonga ega shaharga ega bo‘ladi. Nafaqat turarjoy uylari, balki mehmonxonalar, restoran, tegirmon, sartaroshxona, hatto opera teatrigacha uning mulkiga aylanadi.

Bu hammasi emas. Aytishlaricha, shaharda temiryo‘l deposi, paxta saqlanadigan ombor, artezian suvi manbai, sun’iy ko‘l va boksit koni ham bor. Bular ham yangi xaridor ixtiyoriga o‘tadi.

Shaharning hozirgi egalari uning yaxshi qo‘llarga o‘tishiga umid bog‘lashyapti, shaharcha kelgusida ochiq osmon ostidagi muzeyga aylanishiga yoki musiqa festivallariga mezbonlik qilishini chin dildan istashyapti.

Eslatib o‘tamiz, Tumsboro shahriga XIX asrning ikkinchi yarmida asos solingan bo‘lib, siyosatchi Robert Tumbs sharafiga nomlangan. 2000-yilgi ma’lumotlarga qaraganda, shaharda 472 kishi yashagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring