Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvarsenegger — Yevropa yetakchilariga: «Bizning ham qo‘limiz qon»

Shvarsenegger — Yevropa yetakchilariga: «Bizning ham qo‘limiz qon»

Foto: «RIA Novosti»

Gollivud aktyori va Kaliforniya shtati sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger ta’kidlashicha, Moskvadan energiya tashuvchilarni xarid qilish aslida Rossiyaning Ukrainaga bosqinini moliyalashtirishni anglatadi.

Uning aytishicha, jangovar harakatlarning dastlabki ikki oyida Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab umumiy qiymati 7,7 mlrd yevro qiymatidagi 1300 ta raketa bilan zarba berdi. Xuddi shu davrda Yevropa neft va gaz uchun Moskvaga jami 44 mlrd yevro to‘ladi.

«Bizning ham qo‘limiz qon, chunki urushni moliyalashtiryapmiz», — dedi Shvarsenegger Avstriyadagi iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha konferensiyada videoaloqa orqali chiqishida.

«Qazilma yonilg‘iga qaramlikdan qutulish yo‘llarini qidirishimiz kerak», — qo‘shimcha qildi aktyor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring