Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Singapurning 20 yil ishlagan bosh vaziri iste’foga chiqadi

Singapurning 20 yil ishlagan bosh vaziri iste’foga chiqadi

Foto: Rus.team

Singapur bosh vaziri Li Syanlun shu yilning 15 mayida iste’foga chiqishini ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.

Uning o‘rnini o‘rinbosari Lourens Vong egallaydi, u o‘sha kuni yangi bosh vazir sifatida qasamyod qiladi.

Li Syanlun Singapur xalqidan yangi bosh vazirni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab, birgalikda «Singapurning yanada porloq kelajagini qurishga» chaqirdi.

Li Syanlun 2004-yilning avgustidan buyon Singapur bosh vaziri edi.

Ma’lumot uchun: Li Syanlun 1952-yil 10-fevralda Singapurda tavallud topgan. Singapurni qoloqlikdan dunyoning eng boy davlatlari qatoriga olib chiqqan birinchi bosh vazir Li Kuan Yuning to‘ng‘ich farzandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring