Sloveniya NATOdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi
Sloveniya NATOdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi. Bu haqda mamlakat parlamenti spikeri Zoran Stevanovich bayonot berdi.
«Biz boshqalarning harbiy va diplomatik nizolariga aralashishga qat’iyan qarshimiz, chunki bundan Sloveniyaga hech qachon foyda bo‘lmagan. Shu bilan birga, shuni aytishim kerakki, biz xalqqa NATOdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishga va’da berganmiz va uni o‘tkazamiz», — dedi u Sloveniya radio va televideniyesida qilgan chiqishida.
Stevanovichning ta’kidlashicha, Lyublyana mustaqil, suveren siyosat yuritishi, barcha mamlakatlar, birinchi navbatda, buyuk davlatlar bilan hamkorlik qilishi kerak, biroq bu hamkorlik hech qaysi holatda bo‘yin egishni anglatmasligi lozim.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter