Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tailand va Kambodja chegarasida yana qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Tailand va Kambodja chegarasida yana qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

© AP Photo / Royal Thai Army

Tomonlar bir-birini sulhni buzganlikda aybladi va bir-birining harbiy ob’yektlariga zarba berishdi.

Tailandning Kambodja bilan chegarasi bo‘ylab bir qator hududlarda to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda, deya xabar beradi “Khaosod” portali.

"Armiya (Tailand – tahr.) Tailand va Kambodja chegarasi bo‘ylab bir nechta hududlarda janglar haqida xabar bermoqda”, - deyiladi xabarda.

“Reuetrs” ma’lumotlariga ko‘ra, kamida bir nafar Tailand harbiysi halok bo‘lgan, yana yetti nafari yaralangan.

Kambodja hukumati, o‘z navbatida, tinch aholi orasida uch nafar jabrlanganlar haqida xabar berdi.
O‘tgan dam olish kunlari ikki mamlakatning chegara hududlarida jangovar harakatlarning kuchayishi boshlandi. Tomonlar bir-birini sulhni buzganlikda aybladi va bir-birining harbiy ob’yektlariga zarba berishdi.

Bangkok Kambodja harbiylari Anupong bazasiga hujum qilganini ma’lum qildi. Shuningdek, Pnompen VM-21 raketalarini Buriram provinsiyasidagi tinch aholi yashaydigan hududlarga uchirgani da’vo qilinmoqda. Bunga javoban Tailand armiyasi Chong An Ma hududidagi nishonlarni yo‘q qilish uchun F-16 qiruvchi samolyotlarini ko‘targan.

O‘z navbatida, Kambodja Senati raisi va mamlakatning sobiq prezidenti Xun Sen “jang qilish kerak bo‘lgan qizil chiziq allaqachon o‘rnatilgan” deb e’lon qildi. U barcha darajadagi qo‘mondonlarga buni askarlarga tushuntirishni buyurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring