Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Teraktda insonlarni qutqargan 35 yoshli yigit vafot etdi

Teraktda insonlarni qutqargan 35 yoshli yigit vafot etdi

«Krokus Siti Xoll»da terakt sodir bo‘lgan kuni hodisa yaqinida bo‘lgan va so‘ngra konsert zalidan odamlarni qutqarishda yordam bergan 35 yoshli Karen Yengibaryan vafot etdi.

Bu haqda RBK xabar bermoqda. 

Karen fojia yuz berganda tun bo‘yi odamlarni shifokorlarga olib borgan va jabrlanganlardan biriga o‘z ustki kiyimini bergan. Natijada Yengibaryan is gazini yutib, shamollab, o‘tkir nafas yo‘llari infeksiyasi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Oxir-oqibat erkakning ahvoli og‘irlashib, uni qutqarib bo‘lmadi.

Eslatib o‘tamiz, terakt yuz bergandan so‘ng, odamlarni qutqargan bir qator qahramonlar OAVda mashhur bo‘ldi. Jumladan, asli qirg‘izistonlik bo‘lgan 15 yashar Islom, ozarbayjonlik Kamil Nesibov jamoatchilik e’tiboriga tushdi. 

Avvalroq, terakt oqibatida razvedka polkovnigi vafot etgani xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring