Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Rossiya bilan muhim shartnoma imzoladi

«Tolibon» Rossiya bilan muhim shartnoma imzoladi

Kecha 28-sentyabr kuni «Tolibon» Afg‘onistonga benzin, dizel yoqilg‘isi, gaz va bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha Rossiya bilan dastlabki kelishuvni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Afg‘oniston savdo va sanoat vaziri vazifasini bajaruvchi Hoji Nuruddin Aziziyning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv doirasida Rossiya yiliga bir million tonnaga yaqin benzin, million tonna dizel yoqilg‘isi, 500 ming tonna suyultirilgan gaz (LNG) va 2 million tonna bug‘doy yetkazib beradi. U narxlar va to‘lov usullari haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi. Biroq Rossiya Afg‘onistonga avtomobil va temir yo‘l orqali yetkaziladigan tovarlar uchun jahon bozorlariga nisbatan chegirma berishga rozi bo‘lganini ta’kidladi.

Avvalroq, Aziziy RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida Kobul Rossiyadan million tonnaga yaqin dizel va xuddi shunday miqdorda benzin sotib olishni rejalashtirayotganini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring