Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda Fransiya vizasi uchun yangi markaz ochildi

Toshkentda Fransiya vizasi uchun yangi markaz ochildi

Foto: Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Endi viza uchun ariza topshirish va hujjatlarni qabul qilish faqat TLSContact markazi orqali amalga oshiriladi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Valid Fuk Toshkent shahrida Fransiyaga borish uchun barcha viza arizalarni qabul qilishga mas’ul yangi TLSContact markazini tantanali ravishda ochdi.

«TLSContact markazining ochilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanayotganining yana bir ifodasidir», deyiladi Fransiya elchixonasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, endi viza uchun ariza topshirish va hujjatlarni qabul qilish faqat TLSContact markazi orqali amalga oshiriladi. Bu xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring