Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp G‘azoda sulh qachon boshlanishini e’lon qildi

Tramp G‘azoda sulh qachon boshlanishini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azodagi otashkesim qachon kuchga kirishini ma’lum qildi

Tramp G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish HAMAS guruhi Oq Uy tomonidan taklif qilingan tinchlik rejasiga roziligini tasdiqlagan zahoti darhol amalga oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda u 4-oktyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan. 

“HAMAS kelishuvni tasdiqlaganida, sulh darhol kuchga kiradi, garovga olinganlar va asirlar almashinuvi boshlanadi va biz ularni olib chiqishning keyingi bosqichi uchun shart-sharoit yaratamiz, bu bizni 3000 yillik falokatni tugatishga yaqinlashtiradi”, dedi Amerika rahbari. 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Isroil XAMASgp ma’lum qilingan dastlabki chekinish chizig‘iga rozi bo‘lgan. Isroil bu bayonotga hozircha izoh bermadi. 

Avvalroq AQSh prezidenti guruhga G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasiga rozi bo‘lish uchun 5-oktyabr kechgacha vaqt bergan edi. Agar bu amalga oshmasa, jangarilar yo‘q qilinadi, dedi Tramp. 

Keyinroq HAMAS G‘azo tinchlik rejasi doirasida mahbuslarni ozod qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi, biroq ba’zi nuanslarni ham tilga oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring