Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Kim Chen Inni Vashingtonga taklif etdi

Tramp Kim Chen Inni Vashingtonga taklif etdi

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen In bilan uchrashuv chog‘ida har ikki tomondan muzokara olib boradigan jamoalarni shakllantirishga kelishib olinganini ma’lum qildi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, har ikki tomondan tashkil etiladigan jamoalar ikki-uch haftadan so‘ng uchrashib, muzokaralarga kirishadi. Shu bilan birga AQSh tomoni Koreya yarim orolini denuklearizatsiya - yadro qurolidan halos qilish borasida talabni keskinlashtirmasligi aytildi.

Muzokaralardan so‘ng AQSh prezidenti Kim Chen Inni Vashingtonga taklif qildi. Biroq Tramp shu bilan birga rasmiy tashrif yaqin-orada amalga oshmasligini ham aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Donald Tramp va Kim Chen In Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya chegarasida ko‘rishgan edi. Tramp chegarani ajratib turuvchi beton chiziqdan o‘tgan va KXDR hududida bo‘lgan ilk AQSh prezidentiga aylangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring