Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp uch buyuk millatning birlashishi haqida so‘zladi

Tramp uch buyuk millatning birlashishi haqida so‘zladi

Foto: «Gazeta.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada va Meksika bilan savdo bitimi tuzgani, endilikda bu uchlik «USMCA» deb atalishi haqida o‘zining tvitterdagi shaxsiy sahifasida yozdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Tramp bu bitimni «uch buyuk millatning birlashishi» deb atagan.

«Meksika va Kanadaga tabriklar! O‘tgan kuni biz Kanada bilan ajoyib savdo bitimi tuzishga muvaffaq bo‘ldik, u Meksika bilan tuzilgan bitimga qo‘shimcha bo‘ladi. Yangi nom: AQSh, Meksika va Kanada hamkorligi yoki «USMCA» deb ataladi. Bu uchta davlat uchun juda katta ahamiyatga ega, ko‘plab kamchiliklar va «NAFTA»ning xatolarini hal etadi. Bizning fermerlarimiz va ishlab chiqaruvchilarimiz uchun bozorlarni ochadi, AQShdagi savdo to‘siqlarini kamaytiradi va buyuk uch millatni birlashtiradi», – deb yozgan Tramp.

U shuningdek, «USMCA»ni tarixiy bitim deb ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring