Turkiya terma jamoasining sobiq a’zosi YTHda halok bo‘ldi
Turkiyaning Samsun shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha Ozarbayjon fuqarosi qo‘lga olindi.
Demirören axborot agentligining xabar berishicha, to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan mototsikl haydovchisi Umut Jan Turan halok bo‘lgan.
Mototsiklchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘tmishda badminton bo‘yicha Turkiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan, so‘nggi vaqtlarda esa kurer bo‘lib ishlagan.
Xabarda qayd etilishicha, hodisa yuzasidan sobiq sportchining mototsikli urilgan yuk mashinasi haydovchisi, Ozarbayjon fuqarosi Nodir S. qo‘lga olingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter