Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Belarus bilan chegaraga 100 mingdan ortiq harbiylarini to‘pladi – Belarus mudofaa vaziri

Ukraina Belarus bilan chegaraga 100 mingdan ortiq harbiylarini to‘pladi – Belarus mudofaa vaziri

Ukraina Belarus bilan chegarada 112-114 mingga yaqin harbiy xizmatchilarni tashkil qiladigan hujumkor guruhni jamlagan. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi rahbari Viktor Xrenin «Rossiya 24» telekanaliga bergan intervyusida iddao qilgan.

Biroq, vazirning ta’kidlashicha, hozirgi vaziyat Minskdan chegaradagi harbiy faollikni oshirishni talab qilmaydi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich Ukraina harbiylari davlatlar chegarasidagi hududni minalashayotganini aytgan edi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlari «istehkom uskunalari»ni o‘rnatishda davom etmoqda.

«Ulardan 17 mingga yaqini Ukraina-Belarus chegarasini bevosita himoya qilishda ishtirok etyapti», – deydi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring