Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kustoning nevarasi Xalqaro suvosti stansiyasini qurishga qaror qildi (foto)

Kustoning nevarasi Xalqaro suvosti stansiyasini qurishga qaror qildi (foto)

Foto: «CNN»

Afsonaviy tadqiqotchi Jak-Iv Kustoning nevarasi, akvanavt Faben Kusto Xalqaro kosmik stansiyaning suvosti analogini qurishga qaror qildi.

«CNN» xabariga ko‘ra, Kusto dizayner Iv Bear bilan hamkorlikda maydoni 1,2 kv km.ni tashkil etuvchi ikki qavatli «Proteus» inshootining konsepsiyasini taqdim etgan. Uni Karib dengizi Kyurasao oroli sohillarida barpo etish rejalashtirilgan.

Suvosti stansiyasida 12 tagacha odam bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, u yerda olimlar uchun laboratoriya, sabzavotlar yetishtirish uchun issiqxona va, hatto, video tomosha qilish uchun kerakli asbob-uskunalar bo‘ladi.

«Koinotni xudbinlarcha tadqiq etishdan ko‘ra kelajagimiz uchun, tirik qolishimiz uchun okeanni tadqiq etish ming marta muhimroq. Bu hayotimizni ta’minlovchi tizim. Avvalambor, uning sharofati bilan biz mavjudmiz», — dedi Kusto.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «Proteus»ni qurish uchun $135 mln va uch yil kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda okean himoyachisi o‘z tashabbusini moliyalashtirish uchun mablag‘ to‘plamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring