Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda 2020-yil iyerogliflari e’lon qilindi: «xalq» va ...

Xitoyda 2020-yil iyerogliflari e’lon qilindi: «xalq» va ...

Foto: Global Look Press/Wang Shen

Xitoyda yakunlanib borayotgan 2020-yil iyerogliflari sifatida «xalq» va «epidemiya» tan olindi. XXR lingvistik resurslarni o‘rganish va monitoringi davlat markazi 21-dekabr kuni an’anaviy onlayn ovoz berish natijalarini e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, ovoz berish natijalariga ko‘ra, «xalq» ichki mavzu bo‘yicha iyeroglif maqomini oldi. Ya’ni mamlakat xalqi pandemiyaga qarshi kurashishda birdamlikni namoyon etib, o‘zaro yordam qo‘lini cho‘zgan, belgilangan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan.

«Epidemiya» esa xalqaro mavzuda yil iyeroglifi: sayyoramizga qo‘qqisdan yopirilgan epidemiya odatiy tartiblar va insonlarning turmush tarzini o‘zgartirib yubordi, qarama-qarshiliklar va nizolarni keltirib chiqardi.

Shuningdek, Xitoyda 2020-yil iboralari ham aniqlangan: ichki mavzuda — «qashshoqlikka qarshi kurashish», xalqaro mavzuda — «koronavirus epidemiyasi».

Xitoyliklarning fikricha, yil iyeroglifi va iborasiga ovoz berish mamlakat va uning tashqarisidagi vaziyatni eng yaqqol ifodalab beradi. Xitoyda ushbu an’ana 2006-yildan boshlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring