Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi ko‘mir konida ko‘chki oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi bedarak yo‘qolgan

Xitoydagi ko‘mir konida ko‘chki oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi bedarak yo‘qolgan

Videodan skrinshot

Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘uliston muxtor tumanida joylashgan ko‘mir konida ulkan ko‘chki oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 49 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.

Baxtsiz hodisa kecha, 22-fevral kuni sodir bo‘lgan. Ochiq ko‘mir koniga balandligi 180 metrli qiyalik qulab tushgan, deyiladi Xitoyning CCTV davlat telekanali xabarida.

Associated Press ma’lumotiga ko‘ra, ushbu konni boshqaruvchi Xinjing Coal Industry Co. Ltd. kompaniyasi xavfsizlik talablarini ko‘p marotaba buzganligi uchun 2022-yilda jarimaga tortilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring