Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoylik bola 6 yildan buyon nogiron do‘stini ko‘tarib yuradi

Xitoylik bola 6 yildan buyon nogiron do‘stini ko‘tarib yuradi

Foto: «Sichuan online»

Xitoyning Meyshan shahrida 12 yoshli bola 6 yildan buyon nogiron do‘stini yelkasida ko‘tarib yuradi.

Syuy Binyan va Chjan Sze birinchi sinfda tanishgan. Chjan 4 yoshidan buyon miasteniya — asab-mushak tizimidagi kasallikdan aziyat chekib keladi. Bu kasallik natijasida mushaklar tez toliqib qoladi va Chjan mustaqil harakat qila olmaydi.

Mana shunday vaqtda unga Syuy yordamga keladi. Aslida yordamchilar avvaliga ikki kishi edi. Bolalar birinchi sinfda o‘qiganda Syuy bilan birgalikda yana bir sinfdoshi Chjanga yordam taklif etgan edi. Ammo uchinchi sinfga o‘tganlaridan so‘ng u «vaqti kamligi»ni aytdi va Chjan yonida faqat Syuy qoldi.

«Syuy Binyan — mening eng yaxshi do‘stim, — deydi Chjan. — U har kuni men bilan gaplashib o‘tiradi, birga dars tayyorlaydi va o‘ynaydi. Buning uchun undan behad minnatdorman», — deydi Chjan.

Syuyning o‘zi esa qilayotgan ishi og‘ir emasligini ta’kidlaydi: «Mening 40 kilogramm vaznim bor. Chjan esa bor yo‘g‘i 25 kilogramm. Shunday ekan, uni ko‘tarib yurish men uchun umuman og‘ir emas», — deydi Syuy.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring