Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmatkorga 2,7 mln dollar, villa, bir nechta mashina va mushuklar meros qoldi

Xizmatkorga 2,7 mln dollar, villa, bir nechta mashina va mushuklar meros qoldi

foto: 120.su

Fransiyalik tadbirkor ayoli Ketrin xonim saratonga chalingach tushkunlikka tushib qoldi. U kasallik bilan kurashishga irodasi yetmadi va 59 yoshida  joniga qasd qildi,  ya’ni Samui orolidagi ( Tailand) villasida o‘ziga o‘q uzdi. Bu mudhish qaroridan oldin u vasiyat qoldirdi, unga ko‘ra tailandlik xizmatkori Pa Timga 2,7 million dollar, hashamatli villa va bir nechta mashinalar, mushuklar tasarrufiga o‘tishi kerak.

Pa Tim 17 yil davomida xizmat qilgan saxiy ish beruvchisini ko‘zlarida yosh bilan eslaydi. Xulosa qilishimiz mumkinki, yillar davomida uy bekasi haqiqatan ham Ketrin xonimning qalbini zabt etishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring