Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada xavfli infeksiya tarqalmoqda

Yaponiyada xavfli infeksiya tarqalmoqda

Foto: The Japan Times

Yaponiyada bakteriyali infeksiyaning kamchil turi shiddat bilan tarqalmoqda. Bu haqda The Japan Times mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Mamlakatda og‘ir formada o‘tuvchi, zaharli shok sindromiga olib keluvchi streptokokkli infeksiya holatlari keskin ko‘paymoqda. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi — A guruhiga mansub juda agressiv streptokokklar. Bu kasallikka chalinganlarda o‘lim ehtimoli 30 foizga teng. Kasallik simptomlari — intoksikatsiya, toshmalar, qayt qilish, diareya, qon bosimining pasayishi, deb yozdi nashr.

Yaponiyaliklarga qo‘llarini sovunlab yuvish, jarohatlarini yaxshilab dezinfeksiyalash tavsiya etilmoqda.

Gazeta yozishicha, o‘tgan yili shu kasalikka chalinish bo‘yicha 941 ta holat ro‘yxatga olingan. Bakteriya juda yuqumli ekani, kasallik o‘tkazib yuborilsa, mushaklarni qoplab turgan biriktiruvchi to‘qimalar nekroziga olib kelishi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring