Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponlar kuchli issiqqa qarshi yangi ixtironi e’lon qilishdi

Yaponlar kuchli issiqqa qarshi yangi ixtironi e’lon qilishdi

Yaponiyada «shaxsiy sovutish kabinkasi» deb nomlangan va foydalanuvchini 10 daqiqa ichida to‘liq sovitishni va’da qiladigan yangi qurilma bozorga chiqarildi. Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ushbu uskuna oddiy konditsioner yoki ventilyatorga nisbatan ancha samarali hisoblanadi

Balandligi 2,1 metr bo‘lgan va zanglamaydigan po‘latdan ishlangan qurilma «Do Hiemon» nomi bilan taqdim etilgan. U kuchli issiq ta’siriga uchragan insonning tana haroratini qisqa vaqt ichida pasaytirish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Qurilma ichidagi harorat 15 darajagacha tushiriladi. Shu bilan birga, foydalanuvchining bosh, bo‘yin, yelka va orqa qismiga 5 daraja haroratdagi sovuq havo yo‘naltiriladi.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, mazkur texnologiya issiq urishi va yuqori harorat sabab yuzaga keladigan holsizlik alomatlarini konditsioner yoki ventilyatorga qaraganda ancha tez yengillashtiradi.

So‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab kuchayib borayotgan issiqlik to‘lqinlari va rekord darajadagi haroratlar insonlarni sovutishning yangi usullarini ishlab chiqishga turtki bo‘lmoqda.

Yaponiyada havo harorati 40 darajadan oshishi bilan bog‘liq ekstremal issiq kunlar ko‘paygani ham ushbu texnologiyaning yaratilishiga sabab bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Qurilmaning sotuv narxi taxminan 1,5 million yapon iyenasini tashkil etadi. Shu bilan birga, uning bir soatlik elektr energiyasi sarfi nisbatan kam ekani ta’kidlanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu qurilma shaxsiy foydalanishdan ko‘ra, yuqori harorat sharoitida ishlaydigan zavodlar, omborxonalar, qurilish maydonlari va boshqa jamoat joylarida, tezkor sovutish zarurati tug‘iladigan holatlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring