Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yigitning ma’shuqasi ichida 1,9 milliard dollarlik bitkoin bor diskni axlatxonaga tashlab yubordi

Yigitning ma’shuqasi ichida 1,9 milliard dollarlik bitkoin bor diskni axlatxonaga tashlab yubordi

Uelsning Nyuport shaharchasidagi chiqindixonaga 8000 bitkoin bo‘lgan disk tashlab ketilgani uchun qo‘riqchi qo‘yildi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, disk kripto-investor Jeyms Xouellsga tegishli. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n yil avval investorning ma’shuqasi kripto hamyonga kirish uchun ma’lumotlari bo‘lgan yagona qattiq diskni uloqtirib yuborgan.

Bugungi kunga kelib, aktivlar taxminan 1,5 milliard funt sterlingga (taxminan 1,9 milliard dollar) baholangan.

Nashrning yozishicha, Jeyms diskni topishga urinmoqda, biroq buning uchun u tonnalab axlatni «titib chiqishi» kerak. Qayd etilishicha, u buni qilishga tayyor, biroq Nyuport maishiy chiqindilarni qayta ishlash markazi rahbariyati unga chiqindixonaga kirishga ruxsat bermagan va unga qo‘riqchilar qo‘ygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring