Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yolg‘izlik Parkinson kasalligi bilan «do‘stlashadi»

Yolg‘izlik Parkinson kasalligi bilan «do‘stlashadi»

Yolg‘iz odamlarning Parkinson kasalligiga chalinish xavfi boshqalarga qaraganda 37% ko‘proq.

Florida shtat universiteti tibbiyot kolleji olimlari shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda  nplus1.ru nashri.

Olimlar 15 yil davomida kuzatuvlar o‘tkazdilar va 38 yoshdan 72 yoshgacha bo‘lgan 500 ming kishining sog‘lig‘ini tekshirdilar. Tekshirishlar natijasida yolg‘izlik hissi va  parkinson kasalligining rivojlanishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlandi.

Olimlarning ta’kidlashicha, aynan shu omil kasallikni keltirib chiqarishi haqida 100% dalil yo‘q. Ammo bu yo‘nalishda ishlashni davom ettirish uchun asoslar mavjud.

Nazariy jihatdan, yolg‘izlik miyani salbiy o‘zgarishlarga ko‘proq moyil qiladi, deb ishoniladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday odamlar o‘z vaqtida tez-tez ovqatlanmaydilar. Natijada, noto‘g‘ri ovqatlanish, kam jismoniy faollik, yolg‘izlik hissi kabi psixologik omillar Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi rivojlanish ehtimolini oshiradi, deya xulosa qildi tadqiqotchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring