Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Vashingtonga bordi. U Pentagon rahbari bilan uchrashgan

Zelenskiy Vashingtonga bordi. U Pentagon rahbari bilan uchrashgan

Kecha, 11-dekabr kuni Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Vashingtonga bordi.

U Qo‘shma shtatlarga tashrifini Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Charlz Braun bilan uchrashuvdan boshladi.

«Biz Rossiya agressiyasini to‘xtatishga qat’iy qaror qildik. Agar biz Rossiyaga va uning kuchayib borayotgan tajovuziga qarshi tursak, Amerika xavfsizroq bo‘ladi», – degan Lloyd Ostin Ukraina prezidenti bilan uchrashuvda.

Zelenskiy, shuningdek, Jahon banki prezidenti Ajay Banga bilan ham uchrashgan.

«Uchrashuv yaxshi va samarali bo‘ldi. Men Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam va doimiy qiziqish uchun minnatdorman.

Biz Ukraina moliya tizimini mustahkamlash yo‘llari, ipoteka kreditlarini tiklash strategiyasi, muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukraina manfaati uchun foydalanish mexanizmlarini muhokama qildik», – deydi Ukraina yetakchisi.

Zelenskiy ikki kunlik tashrifning ikkinchi kunida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi, shuningdek, Senat yig‘ilishida nutq so‘zlaydi.

Ayrim xorij OAVga ko‘ra, Ukraina rahbari Vashingtonga Kongressni Kiyevni qo‘llab-quvvatlash uchun yana bir transh ajratishga ishontirish umidi bilan kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Zelenskiyning safari AQSh Kongressida Ukrainaga keyingi moliyaviy yordam bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida sodir bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring