Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston FVV Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar shaxsini aniqladi

O‘zbekiston FVV Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan va jarohatlanganlar shaxsini aniqladi

Foto: «Liter.kz.»

Kecha, 12-avgust kuni taxminan soat 17:30da Turkiston viloyati, Kazigurt tumanidan o‘tuvchi «Olmata-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 786 km.da «Daymler Kraysler» rusumli mikroavtobus va «GAZ-53» rusumli yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 10 nafari turli darajada tan jarohati olib, Sariagash tumani kasalxonasiga yotqizilgan edi. FVV axborot xizmati halok bo‘lgan va jarohat olgan o‘zbekistonliklarning shaxsini aniqladi.

Vafot etgan fuqaro:

1. Mirmusayev S. 1956-y.t.

Tan jarohati olgan fuqarolar:

Urmanova S. 1960-y.t.
Zaripova S. 1965-y.t.
Yuldashev J. 1977-y.t.
Yuldasheva D. 1982-y.t.
Kuralbayev E. 1984-y.t.
Nosirova N. 1986-y.t.
Jienbayeva M. 1986-y.t.
Fayzullayev I. 2003-y.t.
Farxatov M. 2007-y.t.
Farxatov A. 2013-y.t.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring