Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uchko‘prikda hasharga majburan chiqarilgan xodim baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Uchko‘prikda hasharga majburan chiqarilgan xodim baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Illyustrativ foto

Farg‘ona viloyatida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining xodimi baxtsiz hodisa qurbon bo‘ldi. Fojia yuzasidan Ijtimoiy himoya agentligi rasman bayonot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, shu yilning 29-iyul kuni Uchko‘prik tumani hokimligi tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari hasharga jalb etilgan. Hashar paytida yollanma ishchilar tomonidan foydalanilayotgan o‘t o‘radigan asbobning pichog‘i sinib ketib, jarayonni kuzatib turgan Uchko‘prik tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi Tohirjon Jo‘rayevning qorniga sanchilib, u olgan jarohati oqibatida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, marhumning oilasi Agentlik tomonidan doimiy e’tibor va nazoratda bo‘ladi, ularga zarur ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish davom ettiriladi. Bunday fojiali holatlar takrorlanmasligi uchun xodimlarning mehnat xavfsizligi, ularni xizmat vazifalariga kirmaydigan ishlarga jalb etish holatlari hamda mas’ul shaxslarning javobgarligi yuzasidan atroflicha o‘rganish o‘tkazilib, tegishli choralar ko‘riladi.

Internet nashrlari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tohirjon Jo‘rayev viloyatga kutilayotgan prezident tashrifi oldidan majburiy tarzda obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan. Marhum 34 yoshda bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring