Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi «Sigma» biznes markazida yong‘in kelib chiqdi (foto, video)

Toshkentdagi «Sigma» biznes markazida yong‘in kelib chiqdi (foto, video)

Foto: «UzNews.uz»

Toshkent shahar Mirobod tumani hududida joylashgan «Sigma» nomli biznes markazining binosida yong‘in chiqqani ma’lum qilindi. Bu haqda 2018-yil 19-iyul kuni soat 05:17 da Toshkent shahar IIBB YoXBga yong‘in sodir bo‘layotgani xabar qilingan.

«UzNews.uz» ma’lum qilishicha, Toshkent shahar IIBB YoXBning Jangovar bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 05:49 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida «Sigma» biznes markazi binosining tashqi qoplamasi 30 kv.m. maydonida hamda ushbu markazning 4-qavatida joylashgan ijarada bo‘lgan sog‘lomlashtirish markazining xonasi 25 kv.m. maydoni yongan.

Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Shu munosabat bilan, Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’yekt rahbar va xodimlarini yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘ramoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring