Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iz milliy xavfsizlik qo‘mitasi Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga topshirgani aytilmoqda

Qirg‘iz milliy xavfsizlik qo‘mitasi Bobomurod Abdullayevni O‘zbekistonga topshirgani aytilmoqda

Foto: Gazeta.uz

Bugun, 22-avgust kuni o‘zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston rasmiylariga topshirilgan. Qirg‘iz Respubikasi davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni «qiynoqlarni qo‘llamaslikka» va’da bergan.

Xorij matbuotida ma’lum qilinishicha, Bobomurod Abdullayev 9-avgust kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston rasmiylarining so‘roviga binoan Bishkekda qo‘lga olingan.

Bobomurod Abdullayev muxolifatdagi «Qora Mergan» taxallusi ostida maqolalar e’lon qilganlikda ayblanmoqda. Jurnalistning o‘zi buni rad etadi.

Avvalroq Qirg‘iziston hududida O‘zbekiston fuqarosi Bobomurod Abdullayevning hibsga olingani holati yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bergandi. Xabarda uning O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilinishi masalasi hal qilinayotgani bildirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018 yilda ham O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan va ozod etilib, ahloq tuzatish ishlari tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring