Davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmalari tartibga solinmoqda
Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati tartibga solindi.
Adliya vazirligi Davlat organlari va tashkilotlarining, davlat ishtirokidagi korxonalarning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatiga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3950, 2026-yil 3-oktyabr).
Mazkur hujjat bilan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilanmoqda.
Unga ko‘ra:
- ichki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
- ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini tashkil etish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan birgalikda amalga oshiriladi;
- ichki nazorat tuzilmalari xizmat, bo‘linma ko‘rinishida tashkil etiladi yoxud lavozimdan iborat bo‘ladi;
- ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlariga nisbatan oliy ma’lumot, ish staji hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lish kabi minimal talablar belgilanadi;
- KPI ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlarining faoliyatiga nisbatan qo‘llanilmaydi, KPI dan kelib chiqadigan ustamalar maksimal miqdorda tatbiq etiladi, KPI ni pasaytirish Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
- ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasida bo‘ladi va ular huquqiy hamda ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter